Madridning "Real" klubiga tegishli "Tvitter" ijtimoiy tarmog`idagi rasmiy sahifasi xakerlar hujumiga uchradi.
Klubning ijtimoiy tarmog`idagi sahifasida (https://twitter.com/realmadriden) Lionel Messining "El Klasiko"da "Real" darvozasiga urgan golining videosi chop etildi. Keyingi tvitda esa xakerlar "Xavfsizlik juda past darajada ekanligini ko`rsatib berdik.
Biz faqat "Barselona" tvitteriga hujum qilmaymiz deb yozishdi". Xakerlar #RealMadridHack xeshtegini trendga chiqarishga urinishdi.