«Inter» klubi hujumchisi Stevan Yovetich o`z faoliyatini «Monako»da davom ettiradi.
Bu haqida fransuz klubining rasmiy tvitteri xabar qildi. 27 yoshli futbolchi «Monako» bilan 2021 yilga qadar mo`ljallangan shartnoma imzolagan.
Transfermarkt ma`lumotlariga ko`ra, Yovetich 10 mln evro turadi. O`tgan mavsumni hujumchi «Sevilya»da o`tkazgan edi.