1

Rigada supermarket quladi

Dunyo 22.11.2013, 14:27
Rigada supermarket quladi
Rigadagi supermarket qulashi natijasida halok bo`lganlar soni, oxirgi ma`lumotlarga ko`ra, sakkiz kishiga etgan.

Bu haqda jurnalistlarga Latviya IIV rahbarining matbuot kotibi Dayga Xolma ma`lum qiladi.

Ushbu hodisa oqibatida 36 kishi jabrlangan, ularning ko`pchiligi og`ir ahvolda kasalxonaga etkazilgan. Hozircha supermarket vayronalari ostida qancha odam qolgani noma`lum. Qulagan bino sohibi bo`lgan "Maxima Latvija” kompaniyasi tarqatgan xabarga ko`ra, bu hamma uchun katta musibatdir. Kompaniya halok bo`lganlarning oilasiga chuqur hamdardlik, qutqaruvchilarga esa ko`rsatgan jonbozligi va fidokorona mehnati uchun minnatdorchilik bildirdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1