1

Yaponiya kutilmaganda yangi orolga ega bo`ldi

Dunyo 22.11.2013, 15:44
Yaponiya kutilmaganda yangi orolga ega bo`ldi
<p><strong>Yaponiya o`z hududini kengaytirish niyatida. Bunga g`aroyib tabiiy hodisa sababchi –Tinch okeanda Yaponiya sohillariga yaqin hududda suv ostidan yangi orol paydo bo`lgan.  </strong> Yaponiyaning yangi hududi 200 metr kvadratni, balandligi esa dengiz sathidan qariyb 20 metrni tashkil etadi. Orol Tokiodan taxminan ming kilometr janubda Ogasavara orollari hududidagi suv osti vulqonining otilishi paytida paydo bo`lgan. Vulqon hozir ham otilishda davom etmoqda. Havoga 600 metr balandlikka kul va qalin bug` ko`tarilayotganini va portlashlar eshitilayotganini ko`rish mumkin. Olimlarning so`zlariga ko`ra, orolga nom berishga hali erta, chunki ko`p hollarda bunday orollar qanday paydo bo`lgan bo`lsa, shunday to`satdan suvga g`arq bo`lishi mumkin. Bu orada esa mamlakat hukumati, agar orol shakllanadigan bo`lsa, Yaponiya o`z hududini kengaytirishini bildirgan. </p>

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1