23.11.2013 11:08
Mavluda Asalxo`jaevadan zamonaviy uslubda yangi qo`shiq
Ayni damda yangi musiqiy albomini chiqarish istagida yurgan xonanda 10 dan ortiq qo`shiqlarni tayyorlab qo`ygan. Shu haftadan e`tiboran uning yangi taronalari respublikamiz radio to`lqinlarida yangray boshladi. Asalxo`jaevaning yangi “Sevarman” nomli qo`shig`i yoshlarbop yozilgan bo`lib, unda xorij musiqasidagi uslublardan foydalanilganligi Asalxo`jaeva ijodida katta yangilik bo`ldi.
Fevral oylarida o`zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etishni rejalashtirayotgan xonanda konsertga qadar 3 ta yangi klipni muxlislari e`tiboriga havola etishni rejalashtiryapti. Darakchi.uz orqali esa uning 2 ta yangi qo`shig`ini e`tiboringizga havola etamiz. Bizni kuzatib boring!





