MAKTAB DARSLIKLARI HAM ERKIN SAVDOGA ChIQARILADIMI?
Maktab darsliklari ham erkin savdoga chiqariladimi? Farzandlarimizga oliy ta`lim muassasalariga maxsus tayyorlanishlari uchun bu darsliklar juda zarur?
Salim Yusupov, Samarqand viloyati Narpay tumani
Alisher SA`DULLAEV, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari:
— O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2014 yil 28 aprelda 2577 raqam bilan ro`yxatdan o`tgan "Umumta`lim maktablarini darsliklar va o`quv-metodik qo`llanmalar bilan ta`minlash tartibi to`g`risida"gi Nizomida darsliklar va o`quv-metodik qo`llanmalarni erkin savdoga chiqarish bo`yicha ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar o`rtasida o`tkazilgan savolnoma natijasiga ko`ra erkin sotib olish bo`yicha istiqbol ko`rsatkichlar muassasaning pedagogik kengashi tomonidan muhokama qilinadi va tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtirilishi belgilab qo`yilgan.
Umumta`lim maktablari bo`yicha buyurtmalar hamda erkin sotib olish bo`yicha istiqbol ko`rsatkichlar xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish tuman (shaxar) bo`limi tomonidan fanlar, ta`lim tillari, darsliklar va o`quv metodik qo`llanmalar nomlari hamda sinflar kesimida har bir umumta`lim maktabi bo`yicha tahlil qilinadi va umumlashtiriladi.
Tuman (shahar) bo`yicha buyurtmalar hamda erkin sotib olish bo`yicha istiqbol ko`rsatkichlar Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, viloyatlar xalq ta`limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta`limi bosh boshqarmasiga taqdim etiladi.
O`zbekiston matbuot va axborot agentligi erkin sotib olish bo`yicha istiqbol ko`rsatkichlar asosida zarur hajmlar va nomlardagi darsliklar hamda o`quv metodik qo`llanmalarning nashr etilishini ta`minlaydi.
Chakana savdo tarmog`i orqali erkin sotish uchun nashr etilgan darsliklar va o`quv metodik qo`llanmalarni sotish uchun tegishli nashriyot, bosmaxona va kitob-savdo tashkilotlari tomonidan Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shaharlar va tumanlar markazlarida ixtisoslashtirilgan yarmarka-savdo shoxobchalari, olis aholi punktlarida darsliklar chakana savdosi tarmoqlari, shu jumladan maxsus maktab bozorlari tashkil etiladi.






