1

Xitoyda akvariumli salonga ega avtomobil taqdim etildi

Dunyo 23.11.2013, 18:04
Xitoyda akvariumli salonga ega avtomobil taqdim etildi
Guanchjoudagi avtoshouda g`aroyib “WitStar Concept” avtomobili taqdim etildi, uning ichiga akvarium o`rnatilgan.



“WitStar” eshiklari chayka qushining qanotlariga o`xshovchi gibridli krossoverdan iborat bo`lib, uning orqa o`rindig`ida baliqlarga to`la akvarium joylashgan.

Avtomobildagi akvarium — bu o`ziga xos xavfsizlik kafolatidir, chunki “WitStar” avtonom boshqarish texnologiyasiga ega. Xitoyliklar mashina yo`ldagi to`siqlarni aylanib o`tishga qodirligini isbotlash uchun mashinaga baliqlarni intergrasiyalagan. Avtohalokat akvarium sinishiga va baliqlarning nobud bo`lishiga olib kelishi mumkin, bu esa mutlaqo yo`l qo`yib bo`lmaydigan holat. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1