AsosiySUG'DIYONA

Yangicha kabob

'Yangicha kabob'ning rasmi

Restoranga borish shartmas!

Zarur masalliqlar: 100 gr. go`sht qiymasi, 100 ml. smetana, 1 bosh piyoz, 1 bo`lak sarimsoq piyoz, 5 osh qoshiq zaytun yog`i, 3 osh qoshiq maydalangan yong`oq, 1 ta anor, ko`kpiyoz, salat bargi, ko`katlar, tuz, murch, ziravorlar.

Tayyorlanishi: 1. Piyoz, sarimsoq piyoz va ko`katlarni maydalab, yong`oq bilan go`sht qiymasiga aralashtiring. Tuz, murch va zira solib, qiymadan 10 sm.li uzunlikda bo`laklarga bo`ling. Yog`langan yog`och sixga tortib, xohlagan usulda pishirishingiz mumkin.

2. Sous tayyorlash uchun 2 osh qoshiq zaytun yog`iga smetana, tuz va murch solib, aralashtiring.

3. Likopga salat barglarini terib chiqing. Qiymali shashliklarni qo`yib, ustidan sous quying. Anor donalari bilan bezating.

2 kishilik

40 daqiqa

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar