AsosiySUG'DIYONA

ChARChADINGIZMI? BO`YIN VA ELKA UChUN YOGA MAShQLARINI BAJARING

'ChARChADINGIZMI? BO`YIN VA ELKA UChUN YOGA MAShQLARINI BAJARING'ning rasmi

Fitnes zallariga borishingiz shart emas!

  1. Birinchi mashqni bajarish uchun 2 dona to`g`ri to`rtburchak taxta (brus) kerak bo`ladi. Demak, taxtalarning birini gorizontal ikkinchisini vertikal holatda qo`ying. So`ng biriga boshingizni, ikkinchisiga elkani to`g`rilab ehtiyotkorli bilan yoting. Oyoqlar elka kengligida, tizzalar bukilgan bo`lsin. Shu holatda 5-7 marta chuqur nafas olib nafas chiqarasiz.
  2. Ikki taxtani gorizontal holatda qo`yib, tirsaklarni ularning ustiga qo`ying. Boshni egib, shu holatda 5-7 marta nafas olib-chiqarasiz.
  3. Mashq gilamchasining bir tomoniga taxtalardan birini qo`ying, ikkinchisiga esa boshingizni qo`yasiz. Chap qo`lingizni vertikal yog`ochga qo`yib, o`ng qo`lni uzatasiz. Shu holatda 5-7 marta nafas olib-chiqaring va ikkinchi tomonga o`giriling.
  4. O`tirib, oyoqlarni chalishtiring. So`ng chap qo`l bidan boshni chap tomonga eging. 30 soniyadani keyin o`ng qo`l bilan shu o`ng tomonga egasiz. Mashqni 6-8 marta bajarish talab etiladi.
  5. Qo`llaringizni orqadan birlashtiring. 5-7 marta nafas olib-chiqargach, keyingi mashqqa o`tishingiz mumkin.
  6. O`tirib, qo`llarni bosh orqasida birlashtiring. So`ng boshni egib 5-7 marta nafas olib chiqaring. Umurtqa tekis turishiga ahamiyat bering.
  7. O`tirgan holatda barmoqlarni iyak ostida birlashtirib, nafas olganda imkon qadar yuqoriga torting. Nafas chiqarganda dastlabki holatga qayting. Mashqni 6-8 marta bajarish lozim.
  8. Barmoqlarni birlashtirib, iyak ostiga olib keling. Nafas olganda iyakni yuqoriga ko`tarib, nafas chiqarganda pastga tushirasiz. Mashqni 6-8 marta takrorlash zarur.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi

    Boshqa yangiliklar