1

Eron o`zining yadro dasturini muzlatishga rozi bo`ldi

Dunyo 25.11.2013, 14:55
Eron o`zining yadro dasturini muzlatishga rozi bo`ldi
Jenevada 18 soatlik muzokaralardan so`ng xalqaro vositachilar “oltiligi” va Eron o`rtasida kelishuvga erishildi.

Tomonlar yaqin yarim yil ichida Eron o`zining yadro dasturini muzlatishigakelishib oldi. Ushbu qadam “oltilik”ning g`arblik ishtirokchilariga o`zlarining Eronga nisbatan sanksiyalarini yumshatish imkonini beradi. Mazkur kelishuvda Tehronning tinch yadro dasturiga bo`lgan huquqi belgilangan. Bunga parallel ravishda MAGATE Eronning yadro ob`ektlariga nisbatan o`z inspeksiyalarini sezilarli ravishda kengaytiradi. Yarim yildan keyin esa tomonlar Eronning tinch yadro dasturi tafsilotlarini o`rganishga kirishadi.    

Bu orada AQSh biryil davomida Eron bilan yashirin muzokaralar olib borilganligi faktini tasdiqladi, deb yozadi “Reuters”. Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, ushbu muzokaralar davomida Eron va “oltilik” orasidagi kelishuvga erishishga yordam bergan g`oyalar ishlab chiqilgan.
O`z navbatida, Isroil bosh vaziri Binyamin Netaniyagu Eronning yadro dasturi bo`yicha kelishuvni “tarixiy xato” deb atadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1