AsosiySavol-javob

“O`G`LIMNING NAFAQASI TO`HTATILADIMI?...”

'“O`G`LIMNING NAFAQASI TO`HTATILADIMI?...”'ning rasmi

-O`g`limga boquvchisini yo`qotganlik uchun nafaqasini olib kelaman. U yaqinda o`n sakkizga to`ladi. Ammo hali o`quvchi, kollejda tahsil olayapti. Aytingchi, boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi kollejni tugatguncha beriladimi?

Shoxsanam, Oqqo`rg`on tumani

-O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan Pensiya tayinlash uchun zarur bo`lgan ish stajiga ega bo`lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida Nizomning 14-bandiga asosan “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni bo`yicha davlat pensiyasi olish huquqiga ega bo`lmagan shaxsning qaramog`ida bo`lgan oilaning mehnatga layoqatli bo`lmagan a`zolari boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi olish huquqiga egadirlar.“Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida aytib o`tilgan shaxslar oilaning mehnatga layoqatsiz a`zolari jumlasiga kiritiladilar. “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasi 4-qismiga asosan o`quvchilar 18 yoshga to`lgunga qadar oilaning mehnatga layoqatsiz a`zolari jumlasiga kiritiladilar.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar