25.11.2013 18:08
Nemislar dunyodagi eng qimmat paypoqni chiqardi
Ammo nemislar tomonidan chiqarilgan qiymati 1200 dollar turuvchi oltin-jigarrang paypoqlarni oddiy sovg`a deyish qiyin. Ulardan bor-yo`g`i 10 ta juft ishlab chiqarilgan.
Paypoqlar dunyodagi eng noyob va qimmat vikunya hayvoni junidan to`qilgan, deya xabar beradi “FedPost” portali.
Tuyasimon sutemizuvchilar oilasiga kiruvchi vikunya lama va alpakaning uzoq “qarindoshi”
hisoblanadi. Ushbu noyob jonivorlar And tog`larida 3500-5500 balandlikda yashaydi. Ular maxsus dastur himoyasi ostida bo`lgani bois, mazkur jonivorlarning junini olish juda qiyin. Vikunyalarning junini olish uchun qadimgi inklar ularni podaga to`plagan va shundan keyingina junini qirqib olgan. Qimmatbaho mo`ynadan tayyorlangan kiyim faqat zodagonlar uchun mo`ljallangan.
Aytish joizki,odamlar ushbu jonivorlarni xonakilashtirishning ilojini topolmadi. Shu bois endi ular qadimgi inklarning usulini qo`llashga majbur bo`lmoqda. Bitta vikunyadan juda kam, bor-yo`g`i 400 gr jun chiqadi, bu ham uning qiymatiga ta`sir qiladi. Mutaxassislarning
ta`kidlashicha, ushbu noyob jonivorlarning juni eng yaxshi tola hisoblanadi, chunki har bir junning diametri 12 mikrometrni tashkil etadi. Qimmatbaho materialdan tayyorlangan paypoqlarni vikunya rangini eslatuvchi oltin-jigarrang rangda sotib olish mumkin. Gap shundaki, bo`yash jarayonida vikunyalarning juni to`liq ishdan chiqishi mumkin, shu bois ishlab chiqaruvchilar ushbu jarayonni qo`llamaydi.
Qimmatbahopaypoqlar xaridorga eksklyuziv yog`och qutilarda etkazib beriladi. Yangi paypoqlarni munosib baholagan xaridorlarga esa kompaniya vikunya junidan tayyorlangan qiymati 3 ming dollarlik puloverni taklif etmoqda.