26.11.2013 13:00
Hindistonda avtobus daraxtga urildi
Hodisa Chxattisgarx shtatidagi 6-milliy shosseda yuz berdi. 40 nafar yo`lovchini olibketayotgan avtobus daraxtga borib urilishi natijasida 12 kishi halok bo`lgan, yana 20 nafari kasalxonaga etkazilgan. Jabrlanganlardan bir nechtasining ahvoli og`ir sifatida qayd etiladi.
Shu o`rinda Hindistondagi yo`llar dunyodagi eng xavfli yo`llar ekanini aytish joiz. Xususan,
2012 yilda mamlakatda YTH natijasida 140 mingga yaqin kishi nobud bo`lgan.