AsosiySUG'DIYONA

«YuZIMDA TUK PAYDO BO`LYaPTI»

'«YuZIMDA TUK PAYDO BO`LYaPTI»'ning rasmi

Doim peshonamga sochlarimni tushirib yurganim uchunmi yoki boshqa sababi bormi, yuzimda tuklar ko`paya boshladi. Bu holatda qanday yo`l tutishni maslahat berasiz?

Sarvara, 23 yosh

–Ayol va erkak organizmida ham, erkaklik ham ayollik gormonlari ishlab chiqiladi. Ba`zi sabablarga ko`ra, ayol organizmida erkaklik gormoni – testosteron darajasi oshib ketadi. Aynan shuning uchun qiz-ayollarning yuzi, tanasida tuklar ko`payadi. Bu holat nasliy bo`lishi mumkin. Davolanish va takroriy holatlarning oldini olish uchun shifokor-ginekolog ko`rigidan o`ting, tegishli tahlil topshirib, qonda testosteron darajasini aniqlang. Shifokor shunga qarab, gormonal davo choralarini qo`llaydi.

Manba : «Sug'diyona» gazetasi

Boshqa yangiliklar