26.11.2013 16:21
AQSh KXDRga nisbatan sanksiyalar joriy etadi
Bu haqda AQShning KXDR bo`yicha maxsus vakili Glin Devis ma`lum qildi.
"Agar biz KXDRda samimiylik alomatlarini ko`rmasak, agar ular o`z majburiyatlarini bajarishi va yadro qurolidan voz kechishi kerakligini anglab etganini namoyish etmasa, unda
Pxenyanga yanada ko`proq bosim o`tkaziladi”, - deydi Devis Tokioda bo`lib o`tgan jurnalistlar bilan uchrashuvda.
"Bir paytning o`zida Pxenyanning o`z dasturini bajargan holda muzokaralarga kirishishi mutlaqo nojoizdir”, - ta`kidlaydi u.
Bundan oldin Devis Pxenyan Koreya yarim orolini yadro qurolidan ozod etish bo`yicha o`z majburiyatlarini bajarmagunicha, Qo`shma Shtatlar Shimoliy Koreya bilan olti tomonlama muzokaralarni tiklamasligini bildirgan edi.