AsosiySUG'DIYONA

YoShARTIRUVChI QORA SEDANA

'YoShARTIRUVChI QORA SEDANA'ning rasmi

Qora sedananing yog`i tarkibidagi Omega-6 va Omega-9 yog` kislotalari yurak qon-tomir, asab, hazm qilish tizimini va tananing gormonal balansini yaxshilaydi, shamollashning oldini olib, immunitetni mustahkamlaydi, tanani turli xiltlardan tozalaydi. Taomni parchalashda katta yordam beradi. Uning tarkibidagi vitamin E esa yoshartiruvchi ta`sirga ega. Ortiqcha vazn, qandli diabet, nafas olish yo`llari kasalliklarida, shuningdek, saraton kasalliklarining oldini olish uchun va emizuvchi ayollarga ham sedana yog`ini iste`mol qilish tavsiya etiladi.

Shifo topish uchun sedana yog`ini 3-4 oy davomida kuniga (nonushtadan keyin) 1 choy qoshiq qabul qilish zarur. Bolalarga esa (6 yoshdan katta) yarim choy qoshiq ichirgan maqsadga muvofiq. Muolajani 2 oylik tanaffusdan so`ngra yana takrorlash mumkin.

Mumkin emas: homilador ayollarga, shuningdek, yaqinda jarrohlik amaliyotini boshdan o`tkazgan bemorlarga tavsiya etilmaydi. Ba`zi hollarda sedana yog`i allergiyani keltirib chiqarishi ham mumkin.

Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar