1

ER NOKI QANDLI DIABETGA DAVO

SUG'DIYONA 18.09.2017, 13:15
Teglar: Salomatlik
ER NOKI QANDLI DIABETGA DAVO

Er noki ich qotishida, o`t pufagida tosh yig`ilishi, ateroskleroz, ortiqcha vazn, allergik kasalliklar, qandli diabet kasalliklarini davolashda yordam beradi. Shuningdek, erkaklarning quvvatini ham oshiradi. Bu o`simlik, ayniqsa, qandli diabet bilan og`rigan bemorlar uchun foydali. U qondagi shakar miqdorini tabiiy ravishda tushiradi. Tarkibidagi fruktoza hech qanday insulinning yordamisiz organizm to`qimalariga singadi. Fruktoza esa glyukozaning o`rnini bosuvchi tabiiy insulin sanaladi. Uning tarkibidagi S vitamini allergiya va shamollashga qarshi, tomirlarni mustahkamlovchi va og`riq qoldiruvchi ta`sirga ega.

Qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga kuniga bir necha marta er noki sharbatini 1:1 suv bilan aralashtirib ichish tavsiya etiladi. Yoki har kuni bir nechta er nokini pishgan yoki xom holatda iste`mol qilgan maqsadga muvofiq. Kasallikka chalinishning oldini olish uchun 3-4 osh qoshiq o`simlikdan olib, bir litr qaynagan suvda 3 soat damlang va kun davomida bu damlamadan ichib yuring.

Mumkin emas: Ba`zi hollarda er nokini xom holatda iste`mol qilish, qorinda havo yig`ilishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda er nokini pishirib eyish tavsiya qilinadi.

Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1