AsosiySUG'DIYONA

O`SMIR YoShDA BOLANING SUYaGI TEZ SINADIMI?

'O`SMIR YoShDA BOLANING SUYaGI TEZ SINADIMI?'ning rasmi

O`smirlik payti bolaning suyagi biror-bir shikast, yiqilish sababli tez sinishi mumkin. Ayniqsa, oyoqning oyoq va qo`lning naysimon suyaklari sinish xavfi baland bo`ladi. Chunki bu suyaklar boshqalariga nisbatan tezroq o`sa boshlagani sababli, noziklashadi. Undan tashqari, o`mrov suyagi, qovurg`a va umurtqa pog`onasini ham turli shikastlardan ehtiyotlang. Eng xavflisi shundaki, bu kabi sinishlar aksar hollarda aniqlanmay qoladi. Bola biror-bir og`riqdan shikoyat qiladi, ammo ota-onalar “urib olgansan”, deya bunga unchalik ahamiyat berishmaydi.

Maslahat: Bola biror joyini urib olsa va og`riqdan shikoyat qilsa, albatta, shikastlangan joyni har ehtimolga qarshi rengent tekshiruvidan o`tkazing.

Ko`proq kalsiy bering: o`sish yoshidagi bolalar taomnomasini baliq, pishloq, selderey, sutli shokolad, petrushka, turshak, yogurt, piyoz, qaymoq, ismaloq va tvorog mahsulotlari bilan boyiting.

Shifokor bilan qo`shimcha ravishda bolaga kalsiy, fosfor, vitamin D vositalari berish borasida maslahatlashing.

Bolaning umurtqa pog`onasi va oyoq kiftini kuzating! Bu yoshda bolalarda skolioz kasalligi rivojlanib ketish xavfi katta. Shuning uchun o`quvchilarga ryukzak emas, goh o`ng, goh chap elkaga ilib olish mumkin bo`lgan sumka tavsiya etiladi.

Myunxgauzen sindromi

O`sayotgan bolalar ba`zi hollarda bug`in, mushak, suyak, yurak, qorin, biqin og`rig`idan shikoyat qilishadi. Guyo qarshingizda yosh bola emas, keksa bir kishi turgandek. Avvaliga ota-ona bundan xavotirga tushadi, keyin esa unchalik e`tibor berishmaydi. Buning asl sababi, tanadagi nomutanosiblik bilan bog`liq. Suyaklar cho`ziladi, bo`g`in va mushaklar esa, tez o`sayotgan suyak ortidan hali quvib etmagani sabab og`riydi. Bolaning bo`yi o`sgan-u, ammo yurak hali kichkina va u o`sayotgan tanaga qon etishtirib berishga qiynaladi. Ortiqcha og`irlik natijasida yurak tez yoki sekin ura boshlaydi, ba`zi hollarda yurakda shovqin ham paydo bo`ladi. Kerakli chorani uz vaktida qo`llamasangiz, bu bola salomatligi uchun xavfli bo`lishi mumkin. Bu davrda bola iloji boricha kamroq stress holatlariga tushishi kerak.

Og`ir yuk ko`tartirmang. Farzandingizning bo`yi otasidan ham uzib ketishi, unga xuddi otasi kabi og`ir yuk ko`tarishi yoki jismoniy mehnat qilishi mumkin, degani emas.

Odatda “bola degani o`tirmasa xam buladi, deb kattalarga joy bo`shatishini talab qilishadi. O`sayotgan bola ham jismonan charchaydi. Aynan shu sababli, o`smir bolalar havo etishmaganida yoki bir joyda turaverib, hushdan ketib qolishlari mumkin.

Sport mashg`ulotlari bilan shug`ullaning, bu ayniqsa, o`sish davridagi bolalar uchun lozim.

Bolaning yurak urishini tekshirib turing! 5-6 yoshdagi bolaning yurak urish ritmi 1 daqiqada 90, 10 yosh bolaniki 80, 15 yosh – 70 bo`lishi kerak. Yurak urishini bola xotirjam turgan paytda sanang. Faol harakat yoki hayajonlanishda yurak tezroq uradi.

Qiz bolalar 11-12 yoshda faol ravishda o`rtacha 7-10 sm. ga o`sadi. So`ngra bu o`sish jarayoni biroz sekinlashadi. 13-14 yoshda esa o`g`il bolalarning bo`yi uzaya boshlaydi. O`g`il bola 10-15 sm.ga o`sadi, ba`zilari esa, hatto 20-25 sm. ga qadar cho`zilishi ham mumkin.

Manba: «SUG‘DIYONA»gazetasi.

Boshqa yangiliklar