- Chiroyli yurishni istasangiz, sizga qalin kitob kerak. Kitobni boshingizga qo`yib, xona bo`ylab u yoq-bu yoqqa yuring. Mashqni hech bo`lmaganda haftada 10 marta takrorlang. Kitob boshingizdan tushib ketmasin.
- Qadam tashlaganda oyoqlaringiz haddan tashqari tashqi tarafga ham, ichki tarafga ham qaratib tashlamang. Bu umurtqa pog`onasiga og`irlik tushiradi hamda yurishingizni og`irlashtiradi.
- To`g`ri qadam tashlashni o`rganmoqchi bo`lsangiz, erga biror ip yordamida to`g`ri chiziq qiling va bu chiziq bo`ylab yuring. Qadam tashlaganingizda qo`llaringizni ortiqcha silkitmang. Qo`l harakati engil va tabiiy, qadam tashlashga monand bo`lishi kerak.
- Tananing yuqori qismini egib yurmang. Qadamlaringizni katta olmang, bu erkaklarga yarashadi. Ayollarning qadamlari kichik, xuddi suzib ketayotgandek bo`lishi lozim.
Manba: «SUG‘DIYONA»gazetasi.






