KANALIZASIYa PULI BIRINChI QAVATDAGILARDAN OLINADIMI?
Eshitishimcha, ko`p kvartirali uylarning birinchi qavatlarida yashovchilar kanalizasiya uchun haq to`lashlari kerak ekan. Shundaymi?
B.Shoahmedov, Farg`ona shahri.
Farruxjon Fayziev, huquqshunos:
— Yo`q, bunday emas. Uy-joy kodeksining 133-moddasida belgilanishicha, davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlari, ijaraga, arendaga oluvchilari o`zlariga ko`rsatiladigan kommunal xizmatlar uchun qonun hujjatlariga va kommunal xizmatlar ko`rsatuvchi korxonalar (ijrochilar) bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq majburiy to`lovlar to`laydi. Bular jumlasiga sovuq va issiq suv ta`minoti, suvni chiqarib yuborish (kanalizasiya), elektr ta`minoti, gaz ta`minoti, isitish (issiqlik ta`minoti), qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun to`lanadigan to`lovlar kiradi.





