Mashhur rejissyorlar Kventin Tarantino va Robert Rodrigezning ilhom parisi – aktrisa, qo`shiqchi, rejissyor, prodyusser Salma Xayek 1966 yili Meksikaning Verakruz shtatida dunyoga kelgan. 2002 yili «Frida» filmidagi bosh roli uchun «Oskar» va «Oltin Globus» mukofotlariga sazovor bo`lgan.
1. Meksikada yashagan kezlarim, aktrisa bo`lish xayolimga ham kelmagan edi. Bir kun kelib pinxona muhabbatim «Remington Stil» teleserialidagi bosh rol aktyori Pirs Brosnan bilan bir filmda suratga tushishim kutilmagan voqea bo`lgan.
2. Mening ismim arab tilidagi «salim» so`zidan olingan bo`lib, sog`lik, tinchlik, xavfsizlik degan ma`noni anglatadi.
3. Uyda kuchuk, ot, quyon, baliq va to`tiqushlarim bor. Ularning har biriga ism ham qo`yib chiqqanman.
4. Hech qachon parhez qilmayman. Bu mening kayfiyatimni buzadi. Fikrimcha, yuzdagi ajinlar paydo bo`lishining oldini olish uchun yaxshi ovqatlanish kerak.
5. Ispan, ingliz, arab va portugal tillarida bemalol gaplasha olaman.
6. Men oddiy, o`rtahol sharoitda yashashni orzu qilaman. Uy parrandalarini boqish, sabzavotlar ekib hosil olishni orzu qilaman.
7. Tanqidchilar fikriga axamiyat bermayman, o`zim istaganimcha kiyinaman.
8. Yaqin dugonam ispan aktrisasi Penelopa Krus. Do`stligimizni judayam qadrlayman.
9. Turmush o`rtog`im Anri Pino mening butin umr kutgan muhabbatim. 41 yoshimda ona bo`lish sharafiga muyassar bo`ldim. Bizning Velentina ismli qizimiz bor. U men uchun dunyodagi eng ajoyib inson, men har kuni unda bir yangilikni kashf qilaman.
Manba: «Sug'diyona» gazetasi