Ish, uy, bolalar va yana ish... Fitnesga, mashg`ulot zallariga borishga vaqtingiz yo`qmi? Qayg`urmang! Ushbu mashqlarni qaerda istasangiz va qachon xohlasangiz, bajarishingiz mumkin. 1 hafta o`tiboq natija sezila boshlaydi.
1. Qorindagi yog`lardan xalos bo`lamiz!
Stul yoki kresloga suyanib o`tiring. Qo`llaringizni tekis tutgan holda stulning o`ng tarafiga qo`ying. Tizzalarni sekin ko`taring. Tovonlar poldan 15-
2. Bo`ksangiz qomatingizga mos bo`lishi uchun…
..liftni esingizdan chiqaring. Iloji boricha zinalardan tushib-chiqing.
Oyoqlar chigilni yozamiz!
Ishxonada, jamoat transportida, oshxonada, televizor qarshisida umuman qaerda bo`lsa ham, qanday oyoq kiyimda bo`lsa ham, bu mashqni bajara olasiz.
Avval oyoq uchini ko`taring, so`ng tovonni navbatma-navbat ko`tarib tushuring. Oyoqlaringiz tolmagunicha mashqni takrorlayvering. Bu mashq nafaqat oyoqlarni go`zallashtiradi, balki varikozning ham oldini oladi.
- Umurtqa pog`onasi uchun…
Qomatingizni tik tuting, elkalarni orqaga to kuraklar bir-biriga tekkanini his qilguningizcha ushlab turing, boshingizni yuqoriga ko`taring-da, to`g`riga qarab yuring. Boshida bunday yurish sizga qiyinlik tug`dirishi mumkin, ammo keyinchalik ko`nikasiz.
Manba: «Sug'diyona» gazetasi