Kuzning eng sevimli mevalaridan biri bu – xurmo bo`lsa kerak. Xurmo o`z tarkibidagi foydali elementlar bilan uzum va anjirni ham ortda qoldiradi. Undan tashqari, u turli saraton kasalliklariga chalinish xavfini kamaytiradi. Xurmo tarkibi yodga nihoyatda boy bo`lib, qalqonsimon kasalliklarda eyish tavsiya etiladi. Xurmo peshob haydovchi vazifasini ham o`taydi. Faqat boshqa mevalarga qaraganda, tanadan foydali elementlarni yuvib tushmaydi. Shifokorlar sog`lom kishi kun davomida 2-5 dona xurmo eyishni tavsiya qilishadi.
Mumkin emas: chandiq kasalliklari va ich qotishidan qiynalgan kishilar xurmoni kamrok eyishlari kerak.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






