AsosiySUG'DIYONA

NOK — QANDLI DIABETGA DAVO!

'NOK — QANDLI DIABETGA DAVO!'ning rasmi

O`zingizda kuzgi depressiyani his qilsangiz, demak, nok eyishingiz lozim. Chunki nokning tarkibidagi foydali moddalar depressiyaga qarshi ta`sir ko`rsatadi, uning ustiga immunitetni mustahkamlab, organizmning kurashuvchanligini oshiradi. Uning tarkibidagi fruktoza hazmi uchun insulin kerak emas. Shuning uchun bu mevani ma`lum miqdorda qandli diabet bilan og`ruvchi bemorlar ham eyishlari mumkin. Siydik yo`li toshi kasalligi bilan og`rigan bemorlar kuniga ikki dona nok yoki nokdan tayyorlangan kompot ichishlari zarur. Undan tashqari, nok og`riq qoldiruvchi vazifasini ham bajaradi. Kamqonlikda 1 dona nokni po`stlog`i va urug`idan tozalab, yaxshilab ezing va unga 2 osh qoshiq asal aralashtiring.

Mumkin emas: katta yoshli kishilar ushbu mevani ehtiyot bo`lib eyishlari yoki nokni gaz pechida pishirib eganlari ma`qul. Chunki uning hazm bo`lishi qiyin. Nok asab tizimi kasalliklari bilan og`riganlarga tavsiya etilmaydi. Och qoringa aslo nok emang.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar