Aytishlariga bu kuz mevasi isitma tushiruvchi, ter haydovchi ta`sirga ega. Uning 2 osh qoshig`ini 1 stakan suv yoki sutga maydalab, 5-7 daqiqa qaynatib ichish zarur. Bu damlamani ichish ham mumkin yoki tomoq, milk chayqashga ham foydali. Ayniqsa, anjir yurak qon-tomir kasalliklari uchun foydali, u tomirlardagi og`irlikni engillatib, bo`shashtirib, ularni kengaytiradi. Qondagi tromblarning surilishiga yordam beradi, qon harakatini tezlashtiradi. Engil ich yumshatuvchi ta`sirga ega. Yuragingiz qattiq urganda 1-2 dona anjir esangiz, o`zingizga kelasiz.
Mumkin emas: qandli diabet va podagra, shuningdek, oshqozon-ichak tizimi o`tkir shamollashi bilan og`rigan bemorolar ham bu mevani iste`mol qilmagani maqsaga muvofik.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






