AsosiySUG'DIYONA

BODOM — OShQOZON YaRASI VA GASTRITGA QARShI VOSITA!

'BODOM — OShQOZON YaRASI VA GASTRITGA QARShI VOSITA!'ning rasmi

Aytishlariga qaraganda, bodom uyga baxt keltirar emish. Bodom tanadan xolesterinni haydaydi, tanani tez qarishining oldini oladi. Tarkibidagi A va E vitaminlari esa yoshlik vitamini hisoblanishi bilan birgalikda saraton kasalliklariga qarshi vosita ham hisoblanadi. Uyqungiz yaxshi bo`lmasa, ovqat rasioningizga, albatta, bodom qo`shing, u asablarni tinchlantiradi, miyani fosfor bilan boyitadi. Buyrakdagi qumni tozalaydi, oshqozon yarasi va gastritga qarshi vosita sanaladi. Kamqonlikda 3-4 oy mobaynida bodom eb yurish tavsiya etiladi. Kuniga 30-50 gr. bodom eyish maksadga muvofik.

Mumkin emas: ortiqcha vaznlilar bodomni kamroq iste`mol qilishlari zarur. Yurak kasalliklari bilan og`rigan bemorlar ham bodom eyishda ehtiyot bo`lishlari darkor. Undan tashqari, yaxshi etilmagan bodom zaharlanishga olib kelishi ham mumkin.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar