AsosiySavol-javob

«ONAM UYGA KIRITMAYaPTI...»

'«ONAM UYGA KIRITMAYaPTI...»'ning rasmi

-Ayni dam uchinchi farzandimga homiladorman. To`yimizdan so`ng ikki quda orasidan gap o`tib, aytishib qolishdi. O`shanda onam ko`ch-ko`ronimni yig`ishtirib ketgan. Lekin men oilamni tanlab, onamning ketidan ergashmadim. Shu kungacha erim ikkimiz o`zimizga ajratilgan ikki xonali uyda yashab kelayotgandik. Onam «Uyni sotib pulini menga bersalaring, kattarog`ini olib beraman» deganiga ishonib, aytganidek qildik. Aytgan gapida turib, o`ziga yaqin joydan kvartira olib berdi. Ammo endi «Ering bilan ajrashasan, keyin uy hujjatlarini beraman» deb bizni uyga kiritmayapti. Hozir qaynimga atalgan uyda yashayapmiz. Onamni sira tushunolmayapman. Bu holatda qanday qonuniy chora ko`rish mumkin?

-Agar sizning mablag`ingiz evaziga onangiz tomonidan sotib olingan uy siz yoki turmush o`rtog`ingiz nomiga rasmiylashtirilgan bo`lsa, uyga oilangiz bilan kirishingizga to`sqinlik qilingan holatlarda turar–joy joylashgan hududdagi fuqarolik sudiga da`vo talabi bilan murojaat etishingiz mumkin.

Ismi sir tutiladi

Manba: «Sug'diyona» gazetasi

    Boshqa yangiliklar