Miyaga va belga quvvat bo`lgan yong`oqning foydali jihatlari nihoyatda bisyor. Aqliy mehnat, sport bilan shug`ullanuvchilar, albatta, ovqat rasionlariga yong`oq qushishlari tavsiya etiladi. Undan tashqari, uning tarkibi yodga boy. Agar organizmingizni vitamin S bilan tuyintirishni istasangiz, kuniga 5 dona yong`oq iste`mol qilsangiz kifoya. Kunda iste`mol qilingan 2 dona yong`oq esa xotirangizni yaxshilaydi. Yong`oqning yoniga mayiz, asal ham qo`shsangiz, ular birgalikda yurak mushaklarini baquvvatlashtiradi, asal esa immun tizimini mustahkamlaydi. U yana mastopatiya bilan og`rigan ayollar uchun foydali. Yong`oqning yog`i teridagi yaralarni tezroq bitishiga yordam beradi.
Mumkin emas: allergiya, kolit, enterokolit, neyrodermit, ekzema, psoriaz va boshqa teri kasalliklarida mumkin emas. Undan tashqari, yong`oqni ko`p iste`mol qilish bosh og`riq, og`izda toshmaning paydo bo`lishiga, bodomsimon bezlarning yallig`lanishiga olib kelishi mumkin.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.