BOJXONA HUDUDIDAN ETIL SPIRTINI QANDAY O`TKAZISh MUMKIN?
Bekmurod Haydarov, Toshkent viloyati, Qibray tumani
Husan TANGRIEV, Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati inspektori:
- O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirtini olib kelishni va uning tranzitini taqiqlash to`g`risida”gi 1998 yil 15 maydagi 213-sonli qaroriga binoan O`zbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirtini transportning barcha turlari bilan olib kelish taqiqlangan. Etil spirtining O`zbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali tranziti faqat Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Mazkur qarorga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirti g`ayriqonuniy olib kelinganda va tranzit orqali o`tkazilganda hamda shunday hollar korxonalarda va savdoda aniqlanganda spirtni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o`tkazish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar ko`riladi.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1861-moddasiga binoan etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish yoxud shunday harakatlar uchun ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilgan bo`lsa, eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan to`rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.






