1

«KELINNING «MOLI» QAYNONANIKI?!»

Savol-javob 21.09.2017, 17:30
«KELINNING «MOLI» QAYNONANIKI?!»

-Yoshim 28 da. Olti oydan beri qizlik uyimdaman. Qaynonam erimdan ko`chimni berib yubordi. Lekin hammasi kelmagan. Dekret pulimga olgan buyumlarimni qaytarmagan. Emishki to`ydan keyin olingani qaynonaniki bo`larmush. Axir bu nohaqlik-ku?! Ularni o`z oylik maoshimga olganman. Ammo haqligimni isbotlay olmayapman. Qanday yo`l tutsam bo`ladi? Farzandlarimga aliment masalasini hal qilishda ham yo`l-yo`riq ko`rsatsangiz.

-Nikoh davrida sotib olingan mulk siz va turmush o`rtog`ingizning birgalikdagi mulki hisoblangani bois qaynonangiz bilan o`rtangizda bu mulkka nisbatan egalik qilish haqida nizo kelib chiqsa, uni fuqarolik sudi orqali hal etishingiz mumkin. Bolalaringiz ta`minoti uchun aliment undirmoqchi bo`lsangiz, o`zingiz yoki eringiz yashayotgan hududdagi fuqarolik sudiga ariza bilan murojaat etishingiz lozim.

Maqsad MAXMUDOVA, Samarqand shahri.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1