1. 3 choy qoshiq asal bilan 1 choy qoshiq zaytun yog`ini aralashtiring. So`ng bir necha tomchi limon sharbati tomizib, tayyor niqobni qo`llarga 20-30 daqiqaga surting. Yaxshiroq natijaga erishish uchun paxtali qo`lqoplar kiyib oling.
2. 1 osh qoshiq asalni ilitib, bitta tuxum sarig`i va 1 choy qoshiq suli yormasidan soling. Tayyor bo`tqani qo`llarga surtib, paxtali qo`lqoplarni kiyib tonggacha qoldiring.
3. Banan nafaqat kayfiyatni ko`tarish uchun, balki mavsumiy qo`llar qurishiga qarshi ham zo`r vositadir. Mevani bo`tqa holiga keltirib, 1 choy qoshiq sariyog` soling. Tayyor qorishmani qo`lga surtib, 40 daqiqadan keyin ularni yuvib tashlang.
4. Samarali, oziqlantiruvchi niqob, bu kartoshkali niqobdir. Buning uchun kartoshkani qaynating, pyure holatiga keltirgach, ozroq sut qo`shib, qo`lga 3 soatga surtib qo`ying.
5. Ho`l rangini yaxshilash va uni yoshartirish uchun 2 osh qoshiq suli yormasini 1 osh qoshiq suvda yumshatib olib, 1 qoshiq gliserin soling. Tayyor niqobni qo`lga 20-30 daqiqaga surtib qo`ying.
6. Quruq qo`llarni o`ziga keltirish uchun bodring yoki kabachkini qirg`ichdan chiqarib olib, suli yormasidan soling, quyuq bo`tqa hosil bo`lsin. Tayyor bo`tqani qo`lga ham, yuzga ham 15-10 daqiqaga surtishingiz mumkin.
7. Bir dona tuxum sarig`i yarimiga 15 gr. zaytun yog`ini soling-da yaxshilab aralashtiring. Tayyor niqobni qo`llarga 15-10 daqiqaga surtib qo`ying. Bu niqob 35 yoshdan oshgan xonimlar qo`llaridagi mayda ajinlardan xalos etadi.
Manba: «Sug'diyona» gazetasi






