Daun sindromini chaqaloq dunyoga kelishi bilan aniqlash mumkin. Shifokor boladagi bir qator klinik belgilarga ko`ra, genetik tahlil tekshiruviga yo`llanma beradi. Sindromning mavjudligi tahlil natijalari orqali aniqlanadi. Boladagi kasallik belgilari quyidagi ko`rinishlarda bo`ladi:
– Yuz, ko`z, tashqi ko`rinishlari bir-biriga egizakdek o`xshash;
– bosh suyagining shakli noodatiy;
– ko`zlari qiyiq kesmali;
– oyoq-qo`li tanasi bilan nomutanosib;
– tili kattalashgan;
– quloq suprasi kichik, kaft barmog`idagi izlarining tuzilishi turlicha;
– semirishga moyil, itoatgo`y;
– aqlan zaif bo`ladi.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.