AsosiySavol-javob

UYNI KENJA FARZANDGA QOLDIRISh UChUN NIMA QILISh KERAK?

'UYNI KENJA FARZANDGA QOLDIRISh UChUN NIMA QILISh KERAK?'ning rasmi

Hozir yashab turgan uy-joyimizni kenja o`g`limning nomiga rasmiylashtirib qo`ymoqchiman. Buning uchun qanday hujjatlar kerak bo`ladi va qaerga murojaat qilishim lozim?

Odina Mahmudova, Namangan viloyati


Advokat Nafisa Ibragimova javob beradi:

— Uy-joyni o`g`lingizning nomiga rasmiylashtirish uchun o`zingiz istiqomat qilayotgan hududdagi davlat notarial idorasiga murojaat qilasiz. Bunda o`zingiz va uy-joyni nomiga olayotgan o`g`lingizning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, mulk egasi ekanligingizni tasdiqlovchi hujjatlar, yashash joyingizdan hamda barcha kommunal to`lovlar to`langanligi to`g`risidagi ma`lumotnomalar va shu uyda istiqomat qiluvchi boshqa voyaga etgan shaxslarning notarial tartibdagi roziliklari talab etiladi.


    Boshqa yangiliklar