AsosiySUG'DIYONA

TISh PASTASI FAQAT TISh YuVISh UChUN IShLATILMAYDI

'TISh PASTASI FAQAT TISh YuVISh UChUN IShLATILMAYDI'ning rasmi

Barchamiz tish pastalaridan foydalanamiz, ammo uning tish yuvishdan ham boshqa “xislat”lari borligini bilavermaymiz. Diqqat qiling, tish pastasi:

  • Taxtakachdagi baliq yoki piyoz isidan xalos bo`lishda benazir vosita;
  • Uning yordamida oq rangli krossovkalarni yaxshilab tozalash mumkin;
  • Kumush buyumlarni yaltiratishda tish tozalagichga teng keladigani yo`q;
  • Tova yoki qozondagi zangdan xalos bo`lishni istasangiz, anjomning zanglagan eriga tish pastasidan surtib, so`ng yuving.
  • Kichkintoyingiz devorga “san`at asari”ni chizgan bo`lsa, uni jazolashga shoshilmang. Ho`llangan lattaga oz-ozdan tish pastasini siqib, uni devorga rasmlar bilinmay ketguncha surtib chiqing.

Boshqa yangiliklar