Yoz-kuz mavsumida barchamiz qishga tuzlamayu ikralar tayyorlaymiz. Ishni tugatgach, gaz pechida turli qoramtir dog`lar qoladi.
Bunday dog`larni ketkazish uchun pech ustiga qaynagan suv quyib, biror soatlardan so`ng tozalang. Buning osonroq usulini o`rgatamiz. Kirlangan gaz pechini tozalashdan oldin biroz vaqt yoqib, so`ng yuzasiga iste`mol sodasi sepib qo`ying. Pech usti sovimasdan ho`l mato va sim dasmol bilan osongina tozalanadi.
Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.






