AsosiySUG'DIYONA

UY ShAROITIDA ANOR O`STIRAMIZ

'UY ShAROITIDA ANOR O`STIRAMIZ'ning rasmi

Agar xonadoningizda qandaydir noodatiy narsa etishtirmoqchi bo`lsangiz, anor ekishdan boshlang.

1. Birinchi o`rinda yaxshi, etilib pishgan anorni olingda, po`stidan ajratib eng, so`ng danaklarini qoldiring. 1 kun davomida danaklarni quriting.

2. Danaklarni 20-22 gradus haroratli suvga 2 kunga ivitib qo`ying. Har 12 soatda suvni almashtirib turishni unutmang.

3. Gul uchun maxsus tuvakni oling-da, teng miqdorda qum va torf soling.

4. Endi esa qumni namlab, 2 santimetr chuqurlikka danakni eking. Tuvak ustini sellofan xalta bilan yopib qo`ying. Har kuni 1 xafta davomida xaltani 5-10 daqiqaga ochib shamollatib turing. Anor ekini uchun eng qulay oy fevraldir.

5. O`simlik kerakli miqdorda yorug`lik va suvga to`yinishi kerak. Tuproq qurishi bilan unga suv quyishni unutmang. Iloji bo`lsa qaynatib sovutib, tindirilgan suvdan quying.

6. Ilk nish bir xafta o`tiboq unib chiqadi. Shundan so`nggina xaltani olib tashlab, tuvakni elvizaksiz, nurli joyga joylashtiring. Birinchi barglar paydo bo`lganda esa uni kattaroq va chuqurroq tuvakka ko`chirib o`tkazing.

7. 9 oydan so`ng anor gullaydi. Shundan so`ng yana 3 oy o`tib, u meva tugishni boshlaydi.

8. Anor unchalik ham ko`p e`tibor talab qilmaydi, unga alohida parvarish ham zarur emas. Ekib ko`rsangiz, afsuslanmaysiz.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi

Boshqa yangiliklar