AsosiySUG'DIYONA

BEKALAR UChUN 4 MASLAHAT

'BEKALAR UChUN 4 MASLAHAT  'ning rasmi

Vannada turli sariq dog`lar paydo bo`lsa, ketgazish uchun sirkadan foydalaning. Buning uchun 1 litr iliq suvga 1 osh qoshiq sirka va 2 choy qoshiq tuz soling. Aralashma bilan sarg`aygan dog`ni yaxshilab arting. So`ngra sovuq suvda yuving. Bu “muolaja”ni haftada ikki marta takrorlab tursangiz vanna yana asl holiga qaytadi.

  • Hammomdagi kafel rangi xiralashib, mayda qora nuqtachalar hosil bo`lsa, darhol tozalash ishlarini boshlang. Bunda sizga oddiy kir sovun va navshadil spirti yordam beradi. 1 litr iliq suvga kir sovunni eritib, 1 osh qoshiq navshadil spirtidan qo`shing. So`ngra aralashma bilan kafelni artib, ketidan iliq suvda yuving. Bu usulni tez-tez takrorlab tursangiz, kafellaringiz yaltillab, ko`zni quvontiradi.
  • Yangi xarid qilgan supurgi-yu, pol tayog`ingiz uzoqroq xizmat qilishini istasangiz foydalanishdan avval kir sovun aralashtirilgan issiq suvda chayib oling.
  • Agar oshxona mebelining yuzasini issiq idish bilan sarg`aytirib qo`ysangiz aslo xavotirlanmang. Kuyib, sarg`aygan qismini spirt va o`simlik yog`ining teng miqdordagi aralashmasi bilan artsangiz kifoya. Sariq dog`dan asar ham qolmaydi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar