1

Xitoylik fuqaroning qornidan yurak olib tashlandi

Dunyo 30.11.2013, 13:07
Xitoylik fuqaroning qornidan yurak olib tashlandi
G`aroyib patologiya bilan tug`ilgan xitoylik fuqaro har kuni hayot uchun kurashishga majbur.

Sartarosh XoDzilyan yurakning tug`ma anomal joylashuvidan aziyat chekadi. U tug`ilganidan keyin shifokorlar ota-onasini bunday kasallik bilan dunyoga kelgan bolalarning 90% nobud bo`lishi haqida ogohlantirgan. Bolaning yaqinlari u nafaqat tirik qolishi, balki ta`lim olishi uchun ham qo`lidan kelgan ishni qiladi.

Maktabni tugatganidan keyin yigit sartarosh bo`lib ishga kiradi va o`z organizmining ushbu
xususiyatiga tan beradi, deb yozadi “Daily Mail”. Ammo yaqinda 24 yoshli Xo Dzilyan xuddi shunday patologiyadan jarrohlik amaliyoti tufayli xalos bo`lgan boshqa bir xitoylik fuqaro haqidagi maqolani o`qib qoladi.

Eslatib o`tamiz, Xuang Rongmingning yuragi yupqa teri qatlami ostida yaxshi ko`rinib turgan va
osongina jarohatlanishi mumkin bo`lgan. Erkak ahvoli keskin yomonlashganidan keyin shifokorlarga murojaat etadi. Shifokorlar unga zudlik bilan yurakni ko`krak qafasiga ko`chirish bo`yicha jarrohlik operasiyasini o`tkazish kerakligini aytadi.

Xuangning fermerlikbilan shug`ullanuvchi ota-onasi operasiyani to`lay olmagani bois OAV orqali yordam so`rab odamlarga murojaat qiladi va oxir-oqibatda zarur 30 ming dollarni
to`playdi. 11 soat davom etgan operasiya muvaffaqiyatli yakunlanadi. Endi yigitning yuragi yaxshi ishlamoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1