AsosiySavol-javob

«NOGIRON BOLA PARVARIShI HAQIDA...»

'«NOGIRON BOLA PARVARIShI HAQIDA...»'ning rasmi

-Onam 1965 yil tug`ilgan. Ukam dunyoga kelguniga qadar kolxozda ishlagan. Ukam ikkinchi guruh nogironi. Uning parvarishi bilan band bo`lib, onam boshqa ishlamadi. Ish stajining etarli emasligi ertaroq nafaqaga chiqishi uchun to`sqinlik qilmaydimi?

Suhrob Do`stmurodov, Jonboy tumani

-«Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida» gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi «z» bandiga asosan bolalikdan nogiron farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan bo`lsa – ish staji kamida 20 yil bo`lgan taqdirda pensiya yoshi umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirgan holda ya`ni 50 yoshdan pensiya tayinlanadi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 8 sentyabr 2011 yildagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Davlat pensiyalarini tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida Nizom»ning 38-bandiga muvofiq nogironni sakkiz yoshgacha tarbiya qilgan bolalikdan nogironning onasiga pensiya tayinlashda talab qilinadigan 20 yillik ish stajiga ushbu Nizomning 35-bandi «a» – «d» kichik bandlarida ko`rsatilgan davrlar qo`shib hisoblanadi.

Ushbu Nizomning 35-bandi «d» kichik bandiga asosan 16 yoshgacha bo`lgan nogiron bolaga qarab turilgan vaqt mehnat stajiga qo`shib hisoblanadi.

Nizomning 35-bandi «d» kichik bandida nazarda tutilgan davr esa Nizomning 35-bandi «a», «b», «v» va «g» bandlarida nazarda tutilgan kamida 5 yil ish staji mavjud bo`lgan taqdirda ish stajiga qo`shib hisoblanadi.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi

    Boshqa yangiliklar