AsosiySavol-javob

AVTOMAShINAGA ​“AAA, OOO” SERIYaLI NOMERLARNI BUYuRTMA QILISh MUMKINMI?

'AVTOMAShINAGA ​“AAA, OOO”  SERIYaLI  NOMERLARNI BUYuRTMA QILISh MUMKINMI?'ning rasmi

AAA, OOO” seriyali raqamlarni buyurtma qilsam bo`ladimi?

Ichki ishlar vazirligi YHXBB matbuot xizmati:

— Auksionda ishtirok etmaydigan hamda foydalanishda bo`lmagan davlat raqamini bir xil kombinasiyadagi harflar (masalan, nomer aralash, undagi harflar bir xil — AAA, OOO kabi) bilan buyurtma qilish mumkin va raqamlar oshirilgan stavka bo`yicha belgilangan narxda sotib olinadi. Bunday raqamlar auksionda ishtirok etmaydi va to`g`ridan-to`g`ri taqdim etiladi. Yangi raqam egalari uni boshqa shaxsga sota olmaydi. Eng yaqin oila a`zolarining nomiga EKIH 1,5 baravarida to`lovni amalga oshirib o`tkazib berishi mumkin. Mabodo, shaxsiy avtomobilini sotgan taqdirda, xarid qilingan shu turdagi davlat raqami belgisi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlariga murojaat etilgach, bir yil muddatgacha muzlatib qo`yilishi mumkin. Undan so`ng, raqamga egalik huquqi bekor qilinadi.

    Boshqa yangiliklar