AsosiySUG'DIYONA

SAQICh: FOYDA VA ZARAR

'SAQICh: FOYDA VA ZARAR'ning rasmi

Foydasi

+ Saqichni chaynash jarayonida oshqozondagi suyuqlik shirasining ajralishi ortib, hazm qilish jarayoni yaxshilanadi.

+ Og`iz bo`shlig`idagi ovqat qoldiqlarining ma`lum qismini tozalaydi.

+ Ozish uchun tutiladigan parhezlarda saqichdan foydalanish mumkin. Lekin chaynash davomiyligi 10-15 daqiqadan oshmasligi lozim. Biroq egulik o`rniga saqich chaynash qat`iyan ta`qiqlanadi.

+ O`tkir ta`mli eguliklarni iste`mol qilgandan so`ng og`iz bo`shlig`idagi havoni tozalaydi.

Saqich chaynashning foydasi uzog`i bilan 10-15 daqiqagacha etishi mumkin.

Zarari

  • Muntazam saqich chaynash natijasida tishlar o`rnidan qo`zg`alishi mumkin.
  • Och qoringa saqich chaynash salomatlik uchun zararli. Boisi bunda oshqozonda ishlab chiqariladigan shiraning ortishi kuzatilib, oqibatda gastrit, hatto oshqozon yarasini ham keltirib chiqarishi mumkin.
  • Saqich chaynash vaqtida spirtli, gazli ichimliklar, sigareta chekish tavsiya etilmaydi. Sababi saqich xususiyatiga ko`ra turli konserogen moddalarni o`ziga singdirib olib, so`lak orqali organizmga tushiradi.

O`rganib qolmang!

Muntazam saqich chaynaydiganlarga ahamiyat bergan bo`lsangiz, ularda so`lak ajralishi faollashgan bo`ladi. Buning boisi shundaki, saqich chaynashda og`iz bo`shlig`idagi so`lak bezlari faol harakatga o`rganib qoladi. Hatto saqich chaynalmaganda ham og`iz bo`shlig`ida so`lak ajralishi davom etaveradi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi

Boshqa yangiliklar