AsosiySUG'DIYONA

HAYoTDAN RANJIMASLIKNI O`RGANING!

'HAYoTDAN RANJIMASLIKNI O`RGANING!'ning rasmi

Hayotimiz qanday rangda, nima uchun undan ko`nglimiz to`lmaydi, kabi savollar birzum bo`lsa-da xayolimizdan o`tishi rost. Ehtimol bunga ko`p narsani ko`nglimizga yaqin olib, kimningdir gap-so`zidan ranjishimiz, xafagarchilikni hamrohimizga aylantirishimiz sababdir. Aslida hammasi o`z qo`lingizda! Unutmang, hayotingizni faqat siz boshqara olasiz!

1. Kechagi kun bilan xayrlashing. O`tmishdagi noxushliklarni o`ylab, buguningizni o`tkazib yubormang. Oldinda baxtli kelajak kutayotganini o`ylab, bugningizni baxtiyor o`tkazing!

2. Kimni xafa qilish oson, bilasizmi? Kimning ichki dunyosi shunga moyil bo`lsa, ana shular hayot zarbasidan musht eyverishadi. Siz esa irodalisiz, uni sindirishlariga yo`l qo`ymang.

3. Yomon o`y-fikrlar, xayollarni uzoq-uzoqlarga uloqtiring. Masofa shu qadar yiroq bo`lsinki, izlasangiz ham topolmang.

4. Xotirangizdagi yaxshi kunlarnigina yodga oling. Ko`nglingiz tortmaganini esa bo`lmagandek tasavvur qiling.

5. Buguningiz — ertangiz uchun poydevordir. Shu sabab yaxshi kayfiyatni bugundan boshlang.

6. Sizga qaratilgan tanqid toshlarini faqat olg`a intilish bilan parchalang. Ularning bosimiga tushib qolishdan qoching.

7. Kuchsizsan desalar, yanada kuchli bo`ling! Omadsiz desalar, omadni ortingizdan ergashtiring. Shuni unutmangki, taqdiringizdagi yozuvlar ham sizning foydangizni ko`zlaydi.

8. Xotirjamlik. Mana sizning qurolingiz. Qanday vaziyat, imkon va sharoit bo`lishidan qat`i nazar, ruhingizni cho`ktirishni istaganlarga xotirjamlik va tabassum bilan javob qaytaring.

Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar