AsosiyJamiyat

O`zbekiston fuqarolarining 91,6 foizi o`z oilalarini mustahkam deb hisoblaydi

O`zbekiston Konstitusiyasining qabul qilinganining 21 yilligi arafasida «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o`rganish markazi «Oila va ma`naviyat» mavzusida so`rov o`tkazdi.
 
So`rovnomada qatnashganlarning 89,6 foizi davlatning oila masalalariga qaratayotgan e`tiborini yuqori baholashini ma`lum qilgan. 90 foizi esa oilalardagi ma`naviyat va ma`rifatni yuksaltirish bo`yicha masalalarni hal qilishda davlatning faol o`rnini qayd etib o`tgan.

So`rovnoma qaysi ijtimoiy institutlar O`zbekiston aholisi orasida ma`naviyatning shakllanishiga eng ko`p ta`sir ko`rsatayotganini ham aniqlab bergan, deya xabar beradi O`zA. Natijalarga ko`ra, oila (86,7 foiz), mahalla (48 foiz), ta`lim muassasalari (52,3 foiz), ijtimoiy muhit (35,9), shuningdek, OAV (25 foiz) ma`naviyatning shakllanishida muhim rol o`ynamoqda.

Tadqiqot davomida respondentlarning 73,5 foizi o`z oilalari farovonligi «yaxshi» va «juda yaxshi» deb baholashgan. So`rovnoma shuni ko`rsatganki, O`zbekiston fuqarolarining 91,6 foizi o`z oilalarini mustahkam va baxtli deb hisoblaydi, ayniqsa, qishloq joylarda bu fikrdagilar soni ko`p.

So`rovnomada ishtirok etganlarning 90 foizining fikricha, ma`nan sog`lom, Vatanga sodiq bolalar hamjihatlik va inoqlik hukmron bo`lgan butun va ahil oilalarda voyaga etadi.

Respondentlarning mutlaq ko`pchiligi oilalardagi ajrashishlar va fuqarolik nikohlariga qarshi ekanligini ma`lum qilgan. O`z oilaviy biznesini ochish haqidagi savolga har uchinchi respondent ijobiy javob bergan. So`rov natijasida O`zbekistonda oilaviy biznesni tashkil etish va yuritish uchun barcha iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy sharoitlar yaratilgani ma`lum bo`ldi.

Fuqarolarning fikricha, O`zbekiston Prezidenti tomonidan oila taraqqiyotiga ko`rsatilgan e`tibor samarasi o`laroq, mustaqillik yillarida samarali oila siyosati amalga oshirilmoqda, oilalarining moddiy ahvoli yaxshilanib, hayot darajasi o`smoqda, ma`naviy-axloqiy qadriyatlar mustahkamlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar