AQSh ixtirochilari faslga qarab o`zgaruvchi matoni ixtiro qilishdi. Mazkur mato issiqda havo o`tkazish, sovuqda esa o`zidan issiqlik chiqarib jipslashish imkoniyatiga ega...
Mazkur loyihani amalga oshirishda eng ilg`or texnologiyalardan foydalanildi. Matoning yangi turi haroratga tez moslashadi. Hozircha matoning ikki turi namoyish etildi. Birinchi turi: yumshoq mato bo`lib, u cho`ziluvchan va albatta, ob-havoga moslashuvchandir. Ikkinchi turi esa qalin va qattiq sintetik mato bo`lib, o`z-o`zini isitish va sovutish mexanizmiga ega. Umuman olganda mazkur mato bu kabi sohani yangi bosqichga olib chiqishga zamin yaratdi.
Bundan tashqari, bir qancha kompaniyalar mazkur sohaga o`z e`tiborlarini qaratishmoqda. Masalan, 2016 yilning sentyabr oyida g`ovakli polietilendan unumli foydalanish natijasida yarim sintetik mato yaratishga erishildi. Bunday matolar insonlarni ortiqcha chiqim va qalin liboslardan ozod etadi.






