AsosiyHi-tech

KATTA­ QIZIQIShGA SABAB BO`LAYoTGAN VELOSIPED

'KATTA­ QIZIQIShGA SABAB  BO`LAYoTGAN VELOSIPED'ning rasmi

Sir emaski, hozirda velosipedlardan foydalanish oldingi davrlarga qaraganda ancha yuksaldi. Kimdir o`qishga, yana kimdir ishga shaxsiy velosipedida boradi. Uning tabiat va albatta, inson sog`ligi uchun juda katta foydasi bor. UrbanX kompaniyasi uning foydasini yana bir pog`ona ko`tarishga erishdi. Qanday qilib deysizmi?

Endi sizning oddiy velosipedingiz ham elektr energiya­sini ishlab chiqara oladi. Bu oldingilariga qaraganda yanada qulay va hamyonbopdir. Chunki siz endi butun bir velosipedni emas, balki faqatgina velosiped old g`ildiragini almashtirsangiz bo`lgani. Mazkur ixtiro Evropa bo`ylab katta qiziqishlarga sabab bo`ldi. Elektr hosil qiluvchi ixtironing narxi 299 AQSh dollari deb belgilanmoqda. G`ildirakni shu yilning o`zidayoq sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar