Amerikalik qo`shiqchi, raqqosa, ko`plab qo`shiqlar muallifi, prodyuser, aktrisa va fotomodel — Nikol Praskovya Elikolani Valiente Sherzinger 1978 yilda Gavayada dunyoga kelgan.
1. «Meni ko`rganlarida «O, Xudoyim, bu Nikol-ku!» deyishlari menga baxt keltiradi. Bu meni samimiy kuldiradigan yoqimli holatdir».
2. «Buvim ham qo`shiqchi bo`lgan, uning ovozi menga o`tgan».
3. «Oilam meni doim qo`llab-quvvatlaydi. Ular menga men o`zimga ishonganimdan ham ziyodroq, ishonadilar».
4. «Men har doim hamma joyga kech qolib yuraman».
5. «Xaqiqiy ayolning qo`lida hamma narsa yonadi, deb o`ylayman, ayniqsa, pullar».
6. «Men suv havzasida suzishni xush ko`raman. Bilasizmi, suv charchoqni oladigan mo`jiza».
7. «Bir necha yillardan buyon yoga bilan shug`ullanaman. Shuning uchun qomatim doim bir vaznda turadi».
9. «Qachondir Hindistonga borishni orzu qilaman. Ishonchim komilki, bu safar men uchun xaqiqiy kashfiyot bo`ladi. Balki keyin hayotga boshqacha nazar solarman».
10. «Men suratga tushish jarayonlaridagi tanaffusda cherri pomidori va banan bilan cheklanaman».
Manba: «Sug'diyona» gazetasi






