AsosiyHi-tech

OLIMLAR IXTIROSI SIZGA YoRDAM BERADI

'OLIMLAR IXTIROSI SIZGA YoRDAM BERADI'ning rasmi

Ko`pchilik anatomiya, fiziologiya fanlarida o`rganilmagan narsa qolmadi, deb o`ylashmoqda. Aslida esa bu fanlarni o`rganganingiz sari yanada mukammalliklarni his qila boshlaysiz...

Masalan, Massachusets tadqiqotchilari yurakda turli hodisalar tufayli nobud bo`lib, o`z faoliyatini yo`qotgan hujayralarni qayta tik­lashga yordamlashuv­chi yangi immun hujay­ra­ni topishdi. Bu hujayra hozirgacha ilm-fanda ma`lum emas edi. Uning vazifasi shundayki, tobora zaiflashayotgan hujayraning qayta tiklanishida ko`maklashadi. Olimlar bu hujayra faoliyatini o`rganib, uni yanada yaxshilash yo`llarini tadqiq qilishdi va yangi formula ishlab chiqishdi. Bu tadqiqotni yuragida nuqsoni bor sichqonda sinab ko`rishdi. Ma`lum muddatdan keyin sichqonning yuragida o`zgarish yuz bera boshladi. Bir oy oldin faoliyatini yo`qotgan hujayralar o`z faoliyatini tiklay boshladi.

Olimlarning aytishlaricha, bu kabi hujayralar insonning barcha organlarida mavjud. Faqat turli preparat, reaksiya­lar ta`sirida ma`lum bir a`zo hujayralari va buning oqibatida ularni tiklovchi hujayralar ham nobud bo`lyapti. Olimlar mazkur tadqiqot ustida ishlamoqdalar. Ular bu turdagi hujayralarning faoliyatini yanada yaqinroqdan o`rganishlari kerakligini aytishmoqda.

    Boshqa yangiliklar