AsosiyJamiyat

10 oyda bojxonachilar 22 mingdan ortiq noqonuniy holatlarni aniqladilar

Davlat bojxona qo`mitasida O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 21 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbir bo`lib o`tdi. 

Unda DBQ Markaziy apparati xodimlari, Toshkent shahri va viloyati bojxona boshqarmalari, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Oliy harbiy bojxona instituti. Milliy kinologiya markazi va keng jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Ta`kidlash joizki, mamlakatimiz xavfsizligini ta`minlash, uning iqtisodiy manfaatlarini himoyalash hamda iqtisodiyotning izchil rivojlanishida bojxona organlari o`zining munosib hissasini qo`shib kelmoqda.

Bojxona organlarida joriy etilgan avtomatlashtirilgan axborot dasturlarida mantiqiy nazorat tizimini takomillashtirish va elektron deklarasiyalashning yo`lga qo`yilishi natijasida bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlari yanada soddalashtirilib, tadbirkorlar uchun keng qulaylik va imkoniyatlar yaratilmoqda.

Raqamlarga murojaat qilsak, joriy yilning o`tgan davri mobaynida bojxona to`lovlaridan berilgan imtiyozlar o`tgan yilning shu davriga nisbatan salkam 30% ga oshdi. Bojxona xodimlarning samarali xizmati tufayli joriy yilning 10 oyi davomida davlat byudjetiga undiriladigan bojxona to`lovlari bo`yicha belgilangan reja 101,3% ga bajarildi.  Kontrabanda vabojxona qonunchiligi buzilishi bo`yicha 22 mingdan ortiq holatlar aniqlanib, natijada qiymati 144 mlrd. so`mlik tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy olib o`tilishiga chek qo`yildi. Jumladan, xodimlarga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ish samaradorligini yanada oshirishmaqsadida xizmat jarayoni uchun zarur bo`lgan turli jihozlar, texnika va boshqa vositalar uchun 25,7 mlrd. so`m mablag` ajratildi. 

Tadbir davomida O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 22 yilligi tantanalari arafasida Prezidentimiz Farmoni asosida taqdirlangan bojxona xodimlariga davlatimizning yuksak mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, xizmat faoliyatida o`rnak ko`rsatib kelayotgan bir guruh soha xodimlari ham bayram munosabati bilan  mukofotlandi.  

    Boshqa yangiliklar