AsosiySUG'DIYONA

G`UNChA LABLAR SIRINI BILASIZMI?

'G`UNChA LABLAR SIRINI BILASIZMI? 'ning rasmi

Endi lab shaklini o`zgartirish uchun jarrohlik stoliga yotish shart emas! Shunchaki, qalam va konsileringiz bo`lsa bas. Ular yordamida o`zingiz istagandek g`uncha lab «chizib» olishingiz mumkin. Tabiiylikni yo`qotmaslik uchun esa quyidagi tavsiyalarimizga amal qiling. Birinchi urinishingiz samara bermasa, kayfiyatni tushitrmang. Qo`lingiz kelishishi uchun ozroq mashq qilishga to`g`ri keladi.

1. Pastki labi ustkisidan ingichkaroq xonimlarga pastki labdan chiqaribroq chiziq tortish tavsiya etiladi.

2. Oval lablarning ustki qismiga “ariqcha”sini to`g`ri chizsangiz, muammo oson hal bo`ladi.

3. Ustki labi ingichka sanamlar esa ustki labdan 1 mm. chiqarib chiziq chizsalar yanada go`zallashadilar.

4. Labining tutashgan qismi ingichkaroq ayollar labning chetlarini kengaytirib bo`yashlari zarur.

5. Ingichka lablar atrofini, lab chetidan 1 mm chiqarib bo`yash tavsiya etiladi.

6. Xuddi shishirilganday turuvchi lablarni esa, aksincha, kichraytirish talab etiladi. Buning uchun lablar chetidan 1 mm ichkaridan chiziq tortiladi.

7. Kichik hajmdagi lablar atrofi aylantirib chiziladi.

8. Labingizning tutshgan qismi va yuqori burchaklari o`tkir burchakli bo`lsa, ulardan chiqib ketmaslika harakat qiling.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar