06.12.2013 11:32
Maxsus xizmat Barak Obamaga “iPhone”dan foydalanishni taqiqladi
Amerika maxsus xizmati “iPhone”ga osongina buzib kirish mumkin degan fikrda. Agar bu
yuz bersa, prezidentga tegishli ma`lumotlar begonalarning qo`liga tushib qoladi. Qizig`i shundaki, prezidentda “Apple” kompaniyasining boshqa gadjetlari ham bor, biroq ulardan foydalanishni hech kim taqiqlamagan. Masalan, Obama yangiliklar bilan “iPad” plansheti ekranida tanishishni ma`qul ko`radi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Shuningdek, Obama qizlari Sasha va Maliya nafaqat “iPhone” smartfonlaridan foydalanishini, balki ular bilan haddan tashqari ko`p vaqtini o`tkazishini ham aytadi.